DEBITOR (lotincha debitor) — mulk yoki pul qarzi bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs, iqtisodiy sub’yekt. Iqtisodiy xo’jalik aloqalarida korxona, firma, kompaniya va boshqalarga Debitor — qarzdorlar (boshqa firma, korxona, kompaniya, shuningdek, fuqarolar) to’lashi lozim bo’lgan qarzlar mikdori debitorlik qarzini hosil qiladi. Bunday qarzlar muddatida qaytariladigan va to’lash muddatidan o’tib ketgan qarzlarga bo’linadi. O’z vaqtida undirib olinmagan qarzlar uni bergan korxona zarariga qo’shib yoziladi. Debitorlik qarzlarining o’z vaqtida to’lanishi bozor iqtisodiyotidagi moliyaviy intizomning muhim talabidir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish