Debit




Debit (frans. debit — oʻtkazmoq) — burgʻilash quduqlari, buloklar va konlardan maʼlum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik (mineral suv, neft va h.k.) yoki gaz hajmi. Suyuklik uchun D. sekundiga litr (oniy D.) yoki sekundiga (soatiga, sutkasiga) kub metr (yigʻindi D.)larda oʻlchanadi. Daryoning koʻndalang kesim yuzi orqali vaqt birligida oqib oʻtadigan suv hajmiga suv sarfi deb ataladi. Suyuqlik uchun D. suv oʻlchagichlar yordamida aniklanadi. Gaz sutkasiga kub metr bilan oʻlchanadi va anemometr bilan aniklanadi. Suyukliklar D.ini oʻlchash uchun Venturi tipidagi suv oʻlchagich qoʻllaniladi. Suv havzasi tubida ajraladigan gazdan namuna olishning eng oddiy usulida D. maʼlum hajmli idishning toʻlish vaqtiga qarab aniqlanadi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz