DEBIT



DEBIT (Fransuzcha debit — o’tkazmoq) — burg’ilash quduqlari, buloqlar va konlardan ma’lum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik (mineral suv, neft va hokazolar) yoki gaz hajmi. Suyuklik uchun Debit sekundiga litr (oniy Debit) yoki sekundiga (soatiga, sutkasiga) kub metr (yig’indi Debit) larda o’lchanadi. Daryoning ko’ndalang kesim yuzi orqali vaqt birligida oqib o’tadigan suv hajmiga suv sarfi deb ataladi. Suyuqlik uchun Debit suv o’lchagichlar yordamida aniqlanadi. Gaz sutkasiga kub metr bilan o’lchanadi va anemometr bilan aniqlanadi. Suyuqliklar Debitini o’lchash uchun Venturi tipidagi suv o’lchagich qo’llaniladi. Suv havzasi tubida ajraladigan gazdan namuna olishning eng oddiy usulida Debit ma’lum hajmli idishning to’lish vaqtiga qarab aniqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz