DEBET



DEBET (lotincha debet — u qarzdor) — ikki tomonlama (o’ng va chap) jadval ko’rinishidagi buxgalteriya hisob varaqlarining bir (chap) tomoni. Korxonaning pul vositalari va moddiy boyliklari zaxirasi (aktivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning Debet tomonida oy boshida boyliklarning mavjudligi (naqdligi) va oy davomida ularning tushumi ko’rsatiladi. Vositalarning manbalari (passivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning Debet tomonida manbalarning kamayishi, masalan, korxonadan qarzdorlarning qarzi kamayganligi ifoda etiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz