DEAERATOR (de… va AEG — havo) — suvni unda erigan (jihozlarni zanglatadigan) kislorod va karbonat angidridsgm tozalaydigan apparat. Termik, kimyoviy, desorbtsion va boshqa xillari bor. Termik (issiqlik) Deaeratorda zararli gazlar suvni isitish vaqtida chiqib ketadi. Kimyoviy Deaeratorda natriy sulfitdan foydalaniladi. Desorbtsion Deaeratorning ishi sorbtsiya (gaz, bug’ va erigan moddalarning qattiq jism yoki suyuklikda yutilishi) ga teskari jarayon (desorbtsiya) ga asoslanadi. Bug’ generatopura beriladigan ta’minlash suvini va issiqlik tarmog’iga yuboriladigan qo’shimcha suvni tozalash (deaerasiyalash) uchun Deaerator issiqlik elektr stansiya (IES—tes) lariga, energetika qurilmalariga, kichikroq qozonxonalarga o’rnatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish