DE MARKO GVIDO
DE MARKO GVIDO (1931.22.7, Valletta) — Malta Prezidenti. Malta Qirollik universitetini tugatgan (1952). Yuridik fanlari Doktori (1955). 1966 yil Malta vakillar palatasi (parlament) a’zosi. 1967 yildan Malta universiteti o’qituvchisi, keyinchalik professor 1972-87 yillarda Milliy partiya bosh kotibi, partiya yetakchisi o’rinbosari. 1987 yildan Malta bosh vaziri o’rinbosari, Adliya va ichki ishlar vaziri, Vakillar palatasi boshlig’i. 1990 yildan Malta tashki ishlar vaziri, ayni vaqtda 1992 yildan bosh vazir o’rinbosari. 1999 yil martdan Malta Respublikasi prezidenti.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz