DE FILIPPO (DE FILIPPO) EDUARDO
DE FILIPPO (DE FILIPPO) EDUARDO, Passarelli (1900.24.5 — Neapol — 1984.1.11) — italyan dramaturgi, rejissyor, aktyor, stsenariychi. Ijodi Neoralizm oqimi bilan bog’liqholda rivojlangan. Aktyor sifatida “frak kiygan uch erkak”, “Ispaniya maydonidan kelgan qiz”, “Neapol tillasi” kabi filmlarda suratgatushgan. Pesalarida ijtimoiy mohiyat, chuqur psixologizm grotesk bilan uyg’unlashgan: “Filumena Marturano” (keyinroq “italyancha nikoh” nomi bilan ekranlashtirilgan), “shanba, yakshanba, dushanba”, “Fortunella” va boshqalar shular jumlasidan. Kinoda (“Neapol —millionerlar shahri”) ham ishlagan. 1931-73 yillar o’zi tashkil etgan truppani boshqargan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz