DDT



DDT, dixlordifeniltrixlor-etan (S1S6N4), SNSS13 — insektisid, oqish yoki malla rang kimyoviy modda. Suyuqlanish temperaturasi 74,5—93°. Suvda yomon, spirt, benzol va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. 170-200°gacha qizdirilganda parchalanib, vodorod xlorid hosil qiladi. Xlorbenzol va kondensatlovchi moddalar, masalan, sulfat kislota, quruq vodorod ftorid ishtirokida xloralni kondensatlash yo’li bilan olinadi. 20-asrning 40-60-yillarida ko’pgina mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda, shuningdek, bezgak parazitlari (chivinlar)ni yo’qotishda qo’llanilgan. Inson va hayvonlar organizmida to’planishi, atrof-muhitda biologik parchalanishga o’ta chidamliligi, tabiatdagi biologik muvozanatini buzishi sababli rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan O’zbekistonda 1970 yildan ishlatish man qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz