D-dimer




D-dimer (yoki D-dimer ) — fibrin degradatsiyasi mahsuloti (yoki FDP) boʻlib, qon laxtasi fibrinoliz bilan parchalanganidan keyin qonda mavjud boʻlgan kichik protein boʻlagi hisoblanadi. U shunday nomlanishiga aosiy sabablar bor, chunki u oʻzaro bogʻlanish bilan birlashtirilgan fibrin oqsilining ikkita „D“ fragmentini oʻz ichiga oladi va shuning uchun oqsil dimerini hosil qiladi.

D-dimer kontsentratsiyasi tromboz tashxisini qoʻyish uchun qon testi bilan aniqlanishi mumkin. 1990-yillarda amaliyotga joriy etilganidan beri u venoz tromboemboliya kabi trombotik kasalliklarga shubha qilingan odamlarda oʻtkaziladigan muhim tekshirish usuliga aylandi. Salbiy natija trombozni amalda istisno qiladi, ijobiy natija trombozga oid patologiyani koʻrsatishi mumkin, ammo boshqa mumkin boʻlgan sabablarni istisno qilmaydi. Ushbu tekshiruv amaliyotini oʻtkazilishining asosiy sababi tromboembolitik kasalliklarni istisno qilishdir.

D-dimer darajalari qon aylanishi buzilishi, tarqalgan intravaskulyar koagulyatsiya va COVID-19 infektsiyasi bilan bogʻliq koagulyatsion buzilishlar uchun eng muhum diagnostik masalani hal qiluvchi biomarker sifatida ishlatiladi. Proteinning toʻrt baravar koʻpayishi COVID-19 bilan shifoxonaga yotqizilgan odamlarda yomon patofiziologik jarayon kechayotganligini koʻrsatuvchi asosiy koʻrsatkichidir.

Prinsiplari




Koagulyatsiya, qon ivishi yoki trombning shakllanishi, koagulyatsion jarayonning oqsillari yoki shikastlangan qon tomir devori bilan aloqa qilish va toʻqima boʻshligʻida (ichki yoʻl) kollagen taʼsirida, shuningdek, asosan eng muhim boʻlgan ikkita sabab bor: VII omilning faollashishi natijasida sodir boʻladigan toʻqimalarni faollashtiruvchi omillar (tashqi yoʻl) tufayli sodir boʻladi. Ikkala yoʻl ham trombin hosil boʻlishiga olib keladi, bu ferment eruvchan qon oqsili fibrinogenini fibringa aylantiradi va u proteofibrillarga aylanadigan, hamda, Trombin ishlab chiqaradigan yana bir ferment hisoblanadi.


D-dimer koʻrsatgichi




XIII omil, soʻngra D fragmenti joyida fibrin proteofibrillalarini oʻzaro bogʻlaydi va qon laxtalarini shakllanishi uchun asosiy omil boʻlib xizmat qiladigan erimaydigan gelsimon modda hosil boʻlishiga olib keladi.

Aylanma ferment plazmini va fibrinolizning asosiy fermenti, fibrin gelini bir qator joylarda parchalaydi. Olingan boʻlaklar, „Yuqori molekulyar ogʻirlikdagi polimerlar“ plazmini tomonidan bir necha marta koʻproq hazm qilinadi va oraliq hamda keyin kichik polimerlar hosil boʻlishiga (fibrin parchalanish mahsulotlari yoki FDP) olib keladi. Natijada ikkita D fragmentlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish butun boʻlib qoladi va ular fibrin boʻlaklari yetarlicha hazm boʻlganda sirtda namoyon boʻladi. D-dimerning tuzilishi ikki D domenining 180 kDa yoki 195 kDa ogʻirlikdagi molekulasi, shuningdek ikkita D domenining 340 kDa molekulasi va asl fibrinogen molekulasining bir E domenidir. Qondagi D-dimerning yarimparchalanish davri taxminan 6 soatdan 8 soatgacha sodir boʻladi.

D-dimerlar odatda inson qon plazmasida mavjud boʻlmaydi. Koagulyatsion tizim faollashgan hollarda bundan mustasno boʻlib, tromboz yoki tarqalgan tomir ichidagi koagulyatsiya mavjudligi sababli tahlil oʻtkazilganda natija ijobiy koʻrsatgichni beradi. D-dimer tahlili monoklonal antitelaning D-dimer fragmentidagi maʼlum bir epitopga bogʻlanishiga bogʻliq. Tahlilda bir nechta aniqlash usullari mavjud; ularning barchasi D-dimerga qarshi boshqa monoklonal antitelaga tayanadi. Ulardan baʼzilari uchun antitela bogʻlaydigan D-dimerning maydoni maʼlum. Keyin antitelaning bogʻlanishi turli xil laboratoriya usullaridan biri bilan miqdoriy jihatdan oʻlchanadi.

D-dimer ortish sabablari



Dastlab D-dimerning yuqori konsentratsiyasi boʻlgan bemorlarda past konsentratsiyali bemorlarga qaraganda venoz tromboembolik asoratlarni (VTEA) rivojlanish xavfi taxminan 3,5 baravar yuqori hisoblanadi.
VTEA quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

VTEA rivojlanishida quyidagilar xavf ostida boʻladi:

D-dimer venoz tromboembolik asoratlar boʻlmasa ham ortishi mumkin. Buning sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:

Boshqa turdagi kasalliklarda ikkilamchi tashxis maqsadida qoʻllaniladi.


Qoʻllanilishi



D-dimerni quyidagi kasalliklarga tashxis qoʻyish maqsadida qoʻllaniladi:

Bundan tashqari, tadqiqot antikoagulyant terapiyani kuzatish uchun ham zarur (uning davomiyligini, samaradorligini va buyurilgan dorilarning dozasini aniqlash maqsadida).


Koʻrsatkichlari



D-dimer tahlili chuqur venoz tromboz (DVTl), o'pka emboliyasi (PE) yoki tarqalgan intravaskulyar koagulyatsiya (DIC) kasalliklariga shubha tugʻilganda klinik qoʻllaniladi.

Chuqur venoz tromboz (DVTl) va oʻpka emboliyasii uchun ushbu kasalliklarning laboratoriya tahlili klinik ehtimolini aniqlash uchun ishlatiladigan turli xildagi tizimlari mavjud; ulardan eng mashhuri — Wells ball tahlilidir.

Baʼzi shifoxonalarda kasallikka shubxa tugʻilganda tekshiruv natijalaridan soʻng va faqat tahminiy tahlil natijasi koʻrsatilgan normadan past yoki oʻrta boʻlsa, ular laboratoriyalar tomonidan oʻlchanadi. Bu ehtimolligi yuqori boʻlgan bemorlarda keraksiz natijalarga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi. Avval D-dimer tahlilini oʻtkazib koʻrish tahminiy tashxis qoʻyishning muhim qismini oldini oladi va kamroq invaziv hisoblanadi. D-dimer diagnostikaga boʻlgan ehtiyojni istisno qilishi mumkinligi sababli, maxsus professional tashkilotlar shifokorlarga D-dimer testini dastlabki tashxis sifatida qoʻllashni tavsiya qiladi.

Izoh




Maʼlumot diapazonlari



Quyida D-dimer uchun hos boʻlgan maʼlumotlar diapazonlari keltirilgan.

D-dimer inson yoshi kattalashgan sari ortib boradi. Shuning uchun venoz tromboemboliya (VTE) shubha boʻlganda 50 yoshdan oshgan bemorlar uchun bemorning yoshiga teng boʻlgan yil × 10 mkg/L (yoki x 0,056 nmol/L) chegarani qoʻllash taklif qilingan, chunki bu notoʻgʻri natijani kamaytiradi, notoʻgʻri salbiy davolash choralarini sezilarli darajada amalga oshirmaslikka kafolat boʻladi.

D-dimerning muqobil oʻlchovi fibrinogen ekvivalent birliklarida (FEU) keltiriladi. Fibrinogen molekulasining molekulyar ogʻirligi D-dimer molekulasining oʻlchamidan taxminan ikki baravar katta va shuning uchun 1,0 mkg/ml FEU 0,5 mkg/ml d-dimerga teng.

Tromboz kasalligi



D-dimer qondagi boʻlgan oʻzgarishlarining deyarli 93-95 % gacha sezgirlikka ega (haqiqiy ijobiy koʻrsatkich). Shifoxonaga yotqizilgan har bir bemorlar uchun trombolitik kasalligi tashxisi uchun amalga oshirilgan oʻziga xos tekshiruv usullarining taxminan 50 % aniq tashxis qoʻyish uchun aniqlik (notoʻgʻri ijobiy koʻrsatkich bilan bogʻliq) ekanligini aniqladi.

D-dimer tahlilini talqin qilishda, 50 yoshdan oshgan bemorlar uchun (bemorning yoshi) × 10 mkg/L qiymati anormal boʻlish ehtimoli mavjud.

Tarixi



D-dimer dastlab 1970-yillarda tasvirlangan va 1990-yillarda ilmiy izlanishlar natijasida uning diagnostik qoʻllanilishiga oid maʼlumotlar topilgan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




Adabiyotlar



M. A. Jurayeva "Klinik laborator tahlillarini interpretatsiya qilish" A — 2019

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz