DAYSUNXON
DAYSUNXON (1422-52) – oyrat xoni (1439 yildan). Daysunxon davrida hamma mo’g’ul erlarini oyrat xonligi qo’l ostida (qisqa muddatga) birlashtirishga erishilgan; bu birlashtirish jarayonida muhim rolni Daysunxonning 1 vaziri Esen o’ynagan. Taxt vorisligi va Xitoyga nisbatan siyosiy munosabat masalalari bo’yicha Daysunxon va Esen o’rtasidagi kelishmovchilik oqibatida qurolli janjal kelib chiqqan, natijada Daysunxon o’ldirilgan, Esen esa bir oz vaqt o’tgach, o’zini buyuk xon deb e’lon qilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz