Daykon




Yapon turpi , daykon — karamguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik turi, sabzavot ekini. Vatani—Yaponiya. Zakavkazye, Oʻrta Osiyo va Uzoq Sharqda ekiladi. Bargi uzun (1 m gacha), toʻpguli shingil, ikki jinsli, oq, pushti, binafsha yoki sariq rangli, chetdan changlanadi. Urugʻi yirik, yumshoq, qoʻzoqcha. Bir tup oʻsimlikdan 20—30 g urugʻ olinadi. Ildizmevasining ogʻirligi 30 kg (uz. 70—80 sm)gacha, poʻsti yupqa, sersuv, sershira, rangi oq. Tarkibida oqsil, qand, kletchatka, S vitamini bor. Yangiligida, ayrim paytlarda dorivor sifatida isteʼmol qilinadi. Ovqat hazm qilishda yaxshi foyda beradi.

YA.t. Oʻzbekistonning shimoliy rayonlarida yaxshi oʻsadi. Yapon turpining "Favorit" navi bahorda, ayrim navlari yoz (iyun) da ekiladi. Hosildorligi 8001000 s/ga.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz