Davy Pröpper




David Petrus Wenceslaus Henri Pröpper (talaffuzi: Davi Pryopper; 1991-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Vitesse



Pröpper oʻz faoliyatini mahalliy VDZ havaskorlar klubida boshlagan. 2004-yilda Vitesse akademiyasida oʻtigan. Erediviziyadagi debyutini 2010-yilning 17-yanvarida Stadion de Goffertda NECga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2010-yilning 13-aprelida GelreDome stadionida NAC Bredaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushdi. Pröpper 2009—2010-yilgi mavsumda Erediviziyada 11 oʻyin oʻtkazdi.

„Vitesse“dagi ikkinchi mavsumida klubdagi birinchi golini urdi va oʻsha oʻyinda klubi „Ajax“ ga 2:4 hisobida magʻlub boʻldi.

PSV




2015-yilning 8-dekabrida Pröpper UEFA Chempionlar Ligasi doirasida CSKA Moskowga qarshi PSVning g‘alaba to‘pini kiritidi. 2015—2016-yilgi mavsumda 10 ta gol urdi.


Brighton & Hove Albion



Pröpper 2017-yilning 7-avgustida Premyer-liganing Brighton & Hove Albion klubi toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 5 kundan soʻng debyutini oʻtkazdi. „Brighton“ oʻz uyida liga chempioni Manchester Cityga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. EFL kubogidagi debyutini 19-sentyabr kuni AFC Bournemouthga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.

PSVga qaytish



2021-yil 23-iyun kuni PSV nomaʼlum to‘lov evaziga „Brighton“dan sotib olganini eʼlon qildi. PSVda 21-iyul kuni Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Galatasaray“ oʻyiinning (5:1) 63-daqiqasida Marco van Ginkelning oʻrniga maydonga tushdi. Oʻzining birinchi golini 21-avgust kuni SC Kambuur qarshi oʻyinda (4:1) kiritib, hisobni ochdi.

Xalqaro faoliyati



Pröpper Gollandiya U19 terma jamoasini 2010-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatiga saralash bosqichida himoya qilgan. 2009-yilning 14-noyabrida Pröpper U19 Oranje tarkibida Kiprga qarshi saralash bahsida maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



PSV

Niderlandiya

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz