Davronbek Ahmadbekov




Davronbek Ahmadbekov (1894-yil, Xoʻjand, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi — 1938-yil 4-oktabr) — inqilobiy harakat ishtirokchisi, davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR Adliya xalq komissari. Oʻzbekiston SSR prokurori (1932—1936).

Tarjimai holi



1894-yilda oʻrtahol dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan. 1912-yildan 1916-yilgacha dehqonchilik qilgan. Keyinchalik Qoʻqon fermeri Potelyaxovda paxta boʻyicha komissianer (vositachi, dallol) boʻlib ishlagan. 1912-yilda DAvronbek Ahmadbekov eski usuldagi maktabda oq’igan. 1912-yildan 1914-yil 15-mayigacha rus-tuzem maktabida oq’ishini davom ettirgan.
1916-yilning oxiri va 1917-yillarda Xoʻjand uyezdi Nov volosti savdogar mulla Ibrohimov qoʻlida prikazchi boʻlib ishlagan.

1918-yil apreldan RCP(b) aʼzosi. 1918-yil noyabr oxiriga qadar Turkiston Kompartiyasi Xoʻjand uyezdi shahar partiya komiteti topshirigʻi boʻyicha Nov, Chapquluq, va Isfana volostlarida ochlarga yordam beruvchi uyezd tashkiloti rahbarligida jamoat oshxonalari tashkil qilishda qatnashgan.
1921-yil fevraldan Xoʻjand uyezd kasaba ittifoqi byurosi raisi. 1921-yil 5-noyabrdan Xoʻjand uyezd revolutsion komiteti raisi. 1924-yil 1-apreldan Samarqand viloyat ijroiya komiteti rasisining birinchi oʻrinbosari.

1929-yil fevralda OʻzKompartiyasi Markaziy komiteti qaroriga binoan Andijon okrug kolxozlar ittifoqiga rais etib tayinlangan. Bu lavozimda 1929-yil oktyabrga qadar ishlagan. 1929-yil 1-oktyabrda Zelenskiy (hozirgi Asaka) rayoni konferensiyasida rayon partiya komitetining sekretari boʻlib saylangan. Bu lavozimda 1930-yil avgustga qadar ishlagan. 1930-yil avgustdan 1932-yil 22-fevralga qadar Namangan shahar partiya konitetining sekretari boʻlib faoliyat koʻrsatgan.

Zelenskiy va Namangan tumanida ishlaganida butun eʼtiborini kolllektivlashtirish ishiga qaratdi. Oqibatda, 1930-yilda Zelenskiy tumanida kollektivlashtirish 60 foizni, Namangan tumanida 1931-yili 85 foiznitashkil etgan. 1932—1936-yillar — Oʻzbekiston SSR Adliya xalq komissari-prokurori. 1934-yili Norin va Andijon tumanlarida partiya tashkilotlarida tozalov oʻtkazish komissiyasiga raislik qilgan. Bunday vazifani Qoʻqon partiya tashkilotida ham oʻtkazgan. 1936—1937-yillar — Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi kotibi. „Katta terror“ vaqtida partiyadan oʻchirilib hibsga olindi.

1938-yil oktabr oyida SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor majlisida u oʻlim jazosiga hukm qilingan. 1956-yil may oyida SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan reabilitatsiya qilingan.

Manbalar




Adabiyotlar



Shamsutdinov R. O‘zbekistonda sovet hokimiyatining repressiv siyosati va uning oqibatlari. Toshkent, 2012-yil

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz