Davron Nazarmuhamedov




Davron Abitovich Nazarmuhamedov  — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari. 2019—2023-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.

Biografiya



1992—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

1996—1998 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili.

1998—1999 — Sobir Rahimov tumani ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi tezkor vakili.

1999—2002 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili.

2002—2006 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, boshligʻi.

2006—2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2010—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2014—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari.

2014—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2015—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi.

2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2019—2023 — Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2023-yil 8-avgustdan — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi.

2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Davron Nazarmuhamedov haqida aniq ma'lumotlar hozircha mavjud emas. Agar siz uni aniq bir soha, kasb yoki faoliyat doirasida bilmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bering. Masalan, u olim, siyosatchi, sportchi yoki san’atkor bo‘lishi mumkin. Shu orqali sizga to‘liqroq va muayyan ma’lumotlar taqdim etishim mumkin bo‘ladi.

Agar u haqida qaysidir ijtimoiy tarmoq, yangilik yoki boshqa manbalar orqali ma’lumot izlayotgan bo‘lsangiz, iltimos, shu haqida ham ayting. Shunda sizga yordam berishga harakat qilaman.



TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz