Davron Iskandarov




Davron Iskandarov (1905-yil, Samarqand – 1938-yil, Toshkent) – 1905-yilda Samarqand okrugining Dargʻom tumanidagi Madorif qishlogʻida tugʻilgan. Otasi ishchi boʻlib, Samarqanddagi gʻisht zavodida ishlagan. 1924-yilda vafot qilgan. Davron Iskandarov 1915-yilgacha otasi qoʻlida boʻlgan boʻlsa, 1915—1918-yillarda oʻz qishlogʻidagi boylarning qoʻlida choʻponlik qilgan. 1918-yildan 1921-yilgacha Samarqand shahridagi gʻisht zavodida ishlagan. 1921—1924-yillarda ustaga shogird tushib, ustaxonada faoliyat yuritadi. 1924-yilda kommunistik partiyaga nomzod sifatida qabul qilinadi. 1925-yilda partiya safiga toʻliq aʼzo boʻlib kiradi. 1924—1925-yillarda Samarqand shahridagi okrug sovet partiya maktabida oʻqigan. 1925-yil mayidan 1926-yilgacha Dargʻom tumanida partiya tashkilotchisi boʻlib ishlagan.

1928-yilga kelib Oʻz VKP (b) ning Oqdaryo partiya komiteti kotibi etib tayinlanadi. Oqdaryoda 1929-yilga qadar ishlaydi. 1929—1930-yillarda Oʻz VKP (b) Ikromov raykomi kotibi vazifasida faoliyat yuritadi. 1930-yilga kelib okruglar tugatiladi. Natijada Oʻz VKP (b) Samarqand okrugining partiya qo'mitasi kotibi Byurosi a'zosi va Tashkiliy bo'limda mudir sifatida faoliyat ko'rsatadi.

1931-yilning avgustida Oʻrta Osiyo marksizm-leninizm institutida tahsil olish uchun Toshkentga yuboriladi. 1933-yildan boshlab shu institutning partiya tashkilotida kotib boʻlib ishlaydi. Partiyaning 6-qurultoyida Oʻz VKP (b) Markaziy Komitetiga va 5-sovetlar syezdida OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi aʼzoligiga saylanadi.

Oʻzbek, rus, tojik tillarini mukammal bilgan. Paxta chopigʻini kechiktirgani va ziyofatda qatnashgani uchun hayfsan olgan.

1938-yil 5-oktyabrda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining sud majlisida oʻlimga hukm qilinadi va oʻsha kuni otib tashlanadi. Keyinchalik aybsizligi isbotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz