Davron Gaipov
Davron Gaipov (1961-yil 7-oktyabr, Urganch, Xorazm, Oʻzbekiston SSR — 7-oktyabr 2022-yil) — oʻzbek rock-n-rol qoʻshiqchisi. Oʻzbek rokining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. 1982-yildan Original guruhi badiiy rahbari boʻlgan. Bolalar guruhining solisti Tohir Sodiqov Gaipovni ustoz deb biladi.
Hayoti
Davron Gaipov 1961-yil 7-oktyabrda Urganch shahrida tugʻilgan. Otasi Ruzmet Gaipov (05.03.1922-1985) Xiva shahrida tugʻilgan. Xorazmlik boʻlgan. Sobiq Ittifoq davrida 1964—1983-yillarda Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining Qashqadaryo viloyati qoʻmitasining 1-kotibi boʻlgan (hozirgi viloyat xokimiga teng lavozim). Oʻgli Aybek Gaipov 09.03.1982-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan, Rossiyaning Krasnodar shahrida yashaydi. Davron Gaipovning 2000-yillardagi xotini mashhur xonanda Iroda Iskandarova boʻlgan. Oxirgi xotini Marina Goncharova, qizi Aida 2012-yilda tugʻilgan. 1980-yillar oʻrtalarida akasi Arslon Gaipov (1946—2008) Toshkent aeroporti boshigʻi boʻlgan.
Ijodi
Davron Gaipov 17 yoshidan gitarada juda yaxshi ijro etgan va 1980-yilgacha Yalla guruhi gitaristi boʻlgan. Yosh boʻlishiga qaramay 1981-yilda oʻzing „Original“ guruhini tuzadi va tez orada mashhur boʻlib ketadi. Uning „Kerak emas shahlo koʻzlaring“, „Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“, „Bu nima bu?“ va yana bir qator qoʻshiqlari hozir ham sevib tinglanadi. Davron Gaipovni oʻzbek „afsonaviy oʻzbek rock qoʻshiqchisi“ deb hisoblashadi. 1980-yillar oʻrtalaridan 1990-yilgacha uning ijodida chekinish boʻladi, 1984—1989-yillarda Rossiyaning Irkutsk viloyati Angarsk tumanida boʻladi. Ijodga qaytishi bilan 1990-yilda „Bu nima bu?“ nomli musiqali filmda Obid Asomov bilan suratga tushadi. Bu Obid Asomov uchun debyut roli edi. Film aka-uka egizaklar taqdiri haqidadir. Davron Gaipovni mashhur oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqov ustoz deb biladi.
Vafoti
Davron Gʻoyipov 2022-yilning 7-oktyabr kuni vafot etdi. Shu kuni u 61 yoshni qarshilagan edi. Yaʼni oʻz tugʻilgan kunida vafot etdi. Uning oʻlimiga buyrak yetishmovchiligi va qon bosimining koʻtarilishi sabab boʻlgan.
Xonandaning shogirdi Shuhrat Ortiqov „Daryo“ muxbiriga uning vafoti sabablari haqida quyidagilarni soʻzlab berdi:
Davron aka uzoq yillardan beri qandli diabet kasalligi bilan kurashardi. Bundan tashqari, 10 yil avval bitta buyragini ham olib tashlashgandi. Uning salomatligi shu yilning fevral oyida boshlab yanada yomonlashdi. U yomgʻirli kunda Surxondaryodagi tadbirdan qaytayotganda jiddiy avtohalokatga uchragani sabab boʻlgan.
Oʻshanda mashina „Qamchiq“ davonidan agʻanab, Davron akaning umurtqasi jiddiy jarohatlangandi. Yozning deyarli har kunini muolaja bilan oʻtkazdi.15 kundan beri Qarshidagi kasalxonaning jonlantirish boʻlimida davolanayotgandi. Uning oʻlimiga buyrak yetishmovchiligi va qon bosimining koʻtarilishi sabab boʻldi.
— Shuhrat Ortiqov, in
Filmografiyasi
Aktyor
Manbalar
uz.wikipedia.org