Davraga tush




Davraga tush “ — oʻzbek xonandasi Rustam Gʻoipov ijro etgan qoʻshiq. 1986-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq qiziqchi va shoir Mirzabek Xolmedov yozgan sheʼrga bastalangan. „Davraga tush“ Gʻoipov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqdir. Taronani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Avazbek Olimov hamda Husan kaver qilgan.

Qoʻshiq nafaqat Oʻzbekistonda, balki unga qoʻshni Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Turkmanistonda toʻylarda eng koʻp ijro etiladigan taronalarning biridir. YouTubeda Gʻoipov ijrolaridan bir toʻrt yil ichida 20 million martadan koʻp koʻrilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida mazkur qoʻshiqqa raqsga tushayotganlar aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ommalashib turadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz