DAVQUR



DAVQUR — zardo’zlikda keng tarqalgan naqsh mujassamoti, hoshiya naqsh. Kiyim (yoqasi, eng uchlari va boshqalar) cheti hoshiya naqsh bilan aylantirib tikilib, qolgan joylari ochiq qoldiriladi. Kiyimning orqa yelka qismiga turunj shaklida bezak kashta (“tavq”) tikiladi. Hoshiya — naqsh turli kenglikda (keng, hashamdor yoki ingichka) bo’lib, o’simliksimon (“shash barg”, “bargi xazon”, “bodom”, “qo’sh bodom” va boshqalar) va handasiy (yulduz, aylana, koshin va boshqalar) shakllardan tuziladi. Baxmaldan quroq qilinadi, toshlar qadaladi. Davqurda turli bezak choklardan foydalanilib, buyumning badiiy qimmati oshiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz