Davosas




Davos — Shveysariyaning sharqiy qismidagi shahar, togʻ iqlimli kurort. Sharqiy Alp togʻlarida 1550 m dan ziyod balandlikda joylashgan. Turizm, qishki sport oʻyinlari markazi. Aholisi 11 ming kishidan ortiq. D.da quyoshli kunlar koʻp boʻladi, shamol boʻlmaydi, quyosh radiatsiyasi kuchli. Qishi moʻtadil yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7°), yozi salqin (iyulning oʻrtacha temperaturasi 12°); yillik yogʻin qariyb 900 mm. D.da tibbiyot va baland togʻ iqlimi kurorti instituti, qor va koʻchkilarni tadqiq qilish milliy instituti, sanatoriy, pansionat, mexmonxona, teatr, sport inshootlari va b. bor. Shaharda har yili Butunjahon iktisodiy anjumani oʻtkaziladi. 1992-yildan boshlab bu anjumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Davos Shveysariyaning Graubünden kantonida joylashgan shahardir. Prättigau/Davos (okrug) okrugi tarkibiga kiradi. Maydoni – 254.41 km. 10 744 nafar aholi istiqomat qiladi (2006).

Geografiyasi



Hududi



Davosning hududi 284[2][3] kmni tashkil etadi. Dengiz sathidan oʻrtacha 1559[4] va 1563 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz