DA’VO



DA’VO (huquqda) — buzilgan huquqi yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlar sudiga, arbitrajga yoki sudga qilinadigan murojaat. Da’vo 3 elementdan — asos, mavzu va mazmundan iborat. Da’vogarning talabi Da’vo mavzuidir. Da’vo bilan jarayon boshlanadi, taraflar (da’vogar, javobgar) sud oldida o’zlarining talab va e’tirozlarini bayon qiladilar. Da’vo arizasi sud yoki arbitrajga yozma tarzda beriladi, unda ariza berilayotgan sud yoki arbitrajning, da’vogar va javobgarning nomi, yashash joyi, agar da’vogar yuridik shaxs (tashkilot) bo’lsa, joylashgan joyi, agar ariza vakil tomonidan berilsa, vakilning nomi va manzili, da’vogar talabini asoslaydigan xamda tasdiqlaydigan dalillar, da’vogarning talabi, arizaga ilova qilingan hujjatlarning ro’yxati ko’rsatilishi kerak.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz