DAVLETOVA O’ROZGUL



DAVLETOVA O’ROZGUL (1923.20.4, To’rtko’l tumani) — O’zbekiston xalq artisti (1969). 1938-41 yillar va 1952— 94 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq musiqali teatrida, 1941-47 yillar To’rtko’l yosh tomoshabinlar teatrida, 1947-50 yillar To’rljo’l kolxoz—sovxoz teatrida aktrisa, 1950-52 yillar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Eng yaxshi rollari: Gulchehra (“Arshin mol olon”), Nasiba (“Og’riq tishlar”), Dorina (“Tartyuf”), Sarvinoz (“Qirq qiz”), Emiliya (“Otello”), Jumagul (“Qoraqalpoq qizi”), Anor (“Onalar”) va boshqalar. Davletova lirik, dramatik hamda xarakterli rollar ustasi bo’lib, ayniqsa qoraqalpoq ayollari obrazini dadillik, faollik, xushchaqchaqlik, hazilmutoyibaga moyillik bilan, milliy ruhda, alohida mahorat bilan yaratadi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1983).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz