Davletbay Shamshetov
Shamshetov Davletbay Nuratdinovich – sovet, qoraqalpoq va oʻzbek siyosat va fan arbobi, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi. Oʻzbekiston tarkibida birinchi va soʻnggi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prezidenti sifatida tanilgan shaxs.
Hayoti
Davletbay Shamshetov 1948-yil 21-yanvarda Chimboy shahrida tugʻilgan, millati qoraqalpoq. 1965-yilgacha Chimboy tumani Oktyabr inqilobining 40-yilligi nomidagi sovxozda mexanizator boʻlib ishagan. 1971-yilda Andijon paxtachilik institutini agronom mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1973-yilgacha Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, 1973-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti boʻlib ishlagan. 1973-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi va Oʻzbekiston Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan.
1974—-1983-yillarda OʻzSSR Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻlimi katta instruktori, 1980-yilda qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi boʻldi. 1984-1986-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR Bozatau viloyatidagi „Algʻabas“ sovxozi direktori, 1986-1990-yillarda Qoraqalpogʻiston SSR Qoraoʻzak tumani „Qoraoʻzek“ sovxozi direktori. 1990—1992-yillarda „Xalq Manfaati“ („Xalq irodasi“) Qoraqalpogʻiston partiyasining raisi va taʼsischilaridan biri boʻlgan.
1990-yil fevraldan Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashida xalq deputati, 1991-yil yanvar-fevral oylarida bir vaqtning oʻzida OʻzSSR Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika qoʻmitasining birinchi kotibi, 1991-yil fevral oyida Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari 5-sessiyasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining raisi etib saylandi.
1991-yil noyabr—1992-yil iyun – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prezidenti.
1992-yil – 1999-yil sentyabr – KQANRUz Chimboy ilmiy-tadqiqot instituti direktori.
Islom Karimov qarori bilan 1992-yil iyun oyida siyosatdan ketib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Chimboy ilmiy-tadqiqot institutiga direktor boʻldi. U bu lavozimda 1998-yilning sentyabrida vafotigacha xizmat qildi.
Oilasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org