Davlatsimon tuzilmalar (Kvazidavlatlar)




Davlatsimon tuzilmalar (Kvazidavlatlar)  — davlatning ayrim belgilariga ega boʻlgan lekin umumqabul qilingan maʼnoda davlat deb hisoblanamaydigan xalqaro huquq subʼektlarining maxsus turi. Ularga birinchi navbatda „erkin shaharlar“ kiradi.
Ushbu atama oʻzi b -n umumlashtirilgan tushunchani aks ettiradi, negaki u nafaqat sh.larga nisbatan, balki muayyan xududlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ayrim manbalarda bu turdagi tuzilmalarni erkin sh.lar deb, boshqa manbalarda esa erkin hudud yoki zona deb nomlashgan (mas, Erkin Dansig sh. , Erkin Triest hududi). Odatda erkin sh.lar davlatlar oʻrtasida boʻlib turadigan hududiy daʼvolarni bartaraf etish, oldini olish, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda keskinlikni yumshatish usullaridan biri sifatida tashkil etilar edi. Erkin sh. xalqaro shartnoma yoki xalqaro tashkilotning qarori asosida tashkil etiladi va cheklangan huquqiy layoqatga ega boʻlgan oʻziga xos davlat koʻrinishini aks ettiradi.
U oʻzining Kons.si yoki shunga oʻxshash xarakterdagi xujjatga, oliy davlat organi, fuqaroligiga ega boʻladi. Erkin sh. , odatga koʻra, dimilitarizatsiyalashgan va neytrallashgan boʻladi. Uning qurolli kuchlari aynan mudofaa xarakterida boʻladi yoki odatiy tushunchaga koʻra himoya qilish va tartibni saqlashga yoʻnaltirilgan qurolli kuchlar sifatida qaralmasdan, faqat chegaralar kuchlar hisoblanadi. Erkin sh.larni taʼsis etuvchilar, odatda, uning maqomini belgilashni nazorat qilish usullarini nazarda tutadilar.
Xalqaro maydonda yer urushlari oraligʻida mavjud boʻlgan Erkin sh. xalqaro tashkilotlar himoya qiladilar.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz