Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli




Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli (7—1922.4.8) — qoʻrboshi, Sharqiy Buxoroda bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi istiqlolchilik harakati rahbarlaridan. Buxoro amirligi davrida Baljuvon begi, devonbegi, lashkarboshi boʻlgan. Baljuvon va Sherobod bekliklarida katta yer-mulki boʻlgan. Amir Olimxon qizil qoʻshinga qarshi kurashda amirlik Qoʻshiniga Ibrohimbek va Davlatmandbekni lashkarboshilar qilib tayinlagan (1920). Davlatmandbek Sharqiy Buxoroning Baljuvon, Konkurd, Chigʻon mintaqalarida qizil armiyaga qarshi mustaqillik bayrogʻini koʻtargan, 1921-yil boshida uning qoʻshini tarkibida 5000 dan ortiq yigit boʻlgan. 1921-yil 12-avgustda Baljuvonda Buxoro xalq respublikasi hukumatining favqulodda muxtor vakili Otaulla Xoʻjayev bilan Davlatmandbek qoʻrboshi oʻrtasida shartnoma imzolandi. Unga koʻra, yangi Buxoro hukumati tomonidan Sharqiy Buxorodagi yirik qoʻrboshilar Davlatmandbek va Sulton Eshon Baljuvon va Gʻarm inqilobiy qoʻmitalarining raisi qilib tayinlangan. Davlatmandbek Buxoro qududidan qizillar qoʻshinining olib ketilishi, Buxoro respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun izchil kurash olib borgan. Anvar Posho 1921-yil noyabrda Buxoroga kelgach, Davlatmandbek uning lashkari safiga qoʻshilgan. 1922-yil boshlarida Davlatmandbek yigitlari Dushanba atrofidagi Hisor va Baljuvon, shuningdek, Koʻlobda qizil askar qismlari ustidan gʻalabalarga erishgan. 1922-yil 4-avgustda Baljuvon yaqinidagi Obidara qishlogʻida qizil askarlar bilan boʻlgan mashhur jangda Davlatmandbek Anvar Posho bilan birga halok boʻlgan.

Yana qarang




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli haqida ma'lumot aniq bo‘lmasa-da, ismdan kelib chiqib, u O‘zbekistondan bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. O‘zbek tilida to‘liq va aniq ma’lumot berish uchun ko‘proq kontekst yoki tafsilotlar kerak bo‘ladi.

Agar sizda Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli haqida ma’lum bir soha (masalan, ilm-fan, madaniyat, siyosat yoki sport) yoki uning faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lsa, iltimos, ulashing. Shu orqali men sizga yanada to‘liqroq va batafsil ma’lumot berishga harakat qilaman.

Agar shunchaki ismi bilan qiziqsangiz, Davlatmandbek – o‘zbekcha ism bo‘lib, “davlat” (boshqaruv, kuch, davlat) va “mand” (egasi, sohibi) so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Kamoliddinbek esa “kamol” (yaxshi, mukammal) va “iddin” (dīn – diniy so‘z) qo‘shilib, "dinning kamoli egasi" degan ma’noni anglatadi.

Iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bilan murojaat qiling!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz