DAVLATMANDBEK KAMOLIDDINBEK O’G’LI (7-1922.4.8) — qo’rboshi, Sharqiy Buxoroda bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi istiqlolchilik harakati rahbarlaridan. Buxoro amirligi davrida Baljuvon begi, devonbegi, lashkarboshi bo’lgan. Baljuvon va Sherobod bekliklarida katta yer-mulki bo’lgan. Amir Olimxon qizil qo’shinga qarshi kurashda amirlik qo’shiniga Ibrohimbek va Davlatmandbekni lashkarboshilar qilib tayinlagan (1920). Davlatmandbek Sharqiy Buxoroning Baljuvon, Konkurd, Chig’on mintaqalarida qizil armiyaga qarshi mustaqillik bayrog’ini ko’targan, 1921 yil boshida uning qo’shini tarkibida 5000 dan ortiq yigit bo’lgan. 1921 yil 12 avgustda Baljuvonda Buxoro xalq Respublikasi hukumatining favqulodda Muxtor vakili Otaulla Xo’jayev bilan Davlatmandbek qo’rboshi o’rtasida shartnoma imzolandi. Unga ko’ra, yangi Buxoro hukumati tomonidan Sharqiy Buxorodagi yirik qo’rboshilar Davlatmandbek va Sulton Eshon Baljuvon va g’arm inqilobiy qo’mitalarining raisi qilib tayinlangan. Davlatmandbek Buxoro qududidan qizillar qo’shinining olib ketilishi, Buxoro Respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun izchil kurash olib borgan. Anvar Posho 1921 yil noyabrda Buxoroga kelgach, Davlatmandbek uning lashkari safiga qo’shilgan. 1922 yil boshlarida Davlatmandbek yigitlari Dushanba atrofidagi Hisor va Baljuvon, shuningdek, Ko’lobda qizil askar qismlari ustidan g’alabalarga erishgan. 1922 yil 4 avgustda Baljuvon yaqinidagi Obidara qishlog’ida qizil askarlar bilan bo’lgan mashhur jangda DavlatmandbekAnvar Posho bilan birga halok bo’lgan. Ad.: Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Muhammad Ali Baljuvoniy, tarixi nofeiy (foydali tarix), T., 2001. Qahramon Rajabov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli haqida uzoqroq maʼlumot berish uchun uning kimligi, faoliyati, yutuqlari yoki boshqa ijtimoiy yoki madaniy sohalardagi roli haqida maʼlumot kerak bo‘ladi. Agar bu shaxs haqidagi aniq maʼlumotlarga ega boʻlsangiz yoki uning faoliyati haqida aytib oʻtsangiz, men sizga batafsilroq maʼlumot tayyorlab berishga yordam bera olaman.
Iltimos, quyidagi savollarga javob bera olsangiz, maʼlumotni to‘plashda qulaylik tug‘iladi:
Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli qaysi sohada faoliyat yuritadi? (masalan, ilm-fan, madaniyat, siyosat, sport va boshqalar)
Uning asosiy yutuqlari yoki mashhurligi nimada?
U haqida qaysi hudud yoki mamlakatda kengroq maʼlumot bera olaman?
Agar sizga umumiy formatda oʻzbek odamlari nomi haqida maʼlumot kerak boʻlsa, shu haqda ham ayting, men xursand boʻlib yordam beraman.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish