Davlatmand Xolov




Davlatmand Xolov (1950-yil 26-oktabrda tugʻilgan, Dogʻiston, Shoʻroobod tumani) — tojik qoʻshiqchisi va bastakori. Tojikiston SSR xalq artisti (1988-yil), Oʻzbekiston xalq artisti (2018-yil), Abuabdullo Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (2012-yil).

Biografiyasi



M.Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat sanʼat instituti bitiruvchisi (1978-yil). Koʻlob shahar madaniyat boʻlimida (1968-1973-yillar), Koʻlob musiqali drama teatrida (1978-2003-yillar) ishlagan. 2003-yildan — Tojikiston hukumati huzuridagi Televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining „Falak“ davlat ansambli rahbari.

Davlatmand Xolovning oʻziga xos kuylash uslubi bor. N. dasturi rang-barang boʻlib, 200 dan ortiq sheʼrdan iborat. Davlatmand Xolov ijrosida „Tinchlik“ (S.Valizod sheʼri), „Zulfi Mushkin“ (M.Tursunzoda sheʼri), „Vals“ (Ayu Davat sheʼri), „Ba dehqon“ (M.Baxti sheʼri), „Sarvinoz“, „Dur mashav“, „Navbahor“, „Ohista-ohista“, „Modar“ kabi qoʻshiqlar juda yoqimli va jonli ijro etilgan.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz