Davlatlar ro'yxati
Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga koʻra, 240 dan ortiq mamlakat boʻlib, jumladan jahon hamjamiyati tomonidan mustaqilligi rasman tan olingan 195 ta suveren davlat mavjud. Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida aʼzo davlatlar sifatida, 2 tasi (Vatikan, Falastin)esa kuzatuvchi-davlat boʻlib ishtirok etmoqda.
Jahonning hozirgi siyosiy xaritasi turli tarixiy jarayonlar taʼsirida shakllangan. Ayniqsa, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari, mustamlaka tizimining yemirilishi, sotsialistik tuzumning barham topishi kabi jarayonlar alohida eʼtiborga loyiqdir. Ushbu tarixiy voqealar taʼsirida XX va XXI asrlar mobaynida dunyoda mustaqil davlatlar soni muttasil oʻsib keldi.
Hozirda dunyoning koʻp joylarida aholisi oʻz mustaqil davlatchiligini tan olish uchun kurashayotgan mintaqalar mavjud boʻlib kelmoqda.
Tan olingan davlatlar
Qisman tan olingan davlatlar
Qisman tan olingan davlatlar — Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlmagan davlatlar kamida bitta va undan ortiq BMTga aʼzo davlat tomonidan tan olingan davlatlar kiradi.
Tan olinmagan davlatlar
Tan olinmagan davlatlar — oʻzini suveren davlatlar deb eʻlon qilgan va aholining mavjudligi, hududni nazorat qilish, huquq va boshqaruv tizimlari kabi davlatchilik belgilariga ega boʻlgan, lekin ayni paytda davlat tomonidan diplomatik tan olinmagan mintaqalarning umumiy nomi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʻzo davlatlar tomonidan bir yoki bir nechta aʻzo davlatlarning suvereniteti ostida hisoblanadi.
Muxtor davlatlar
Muxtor davlatlar — katta davlat doirasidagi maqomiga ega boʻlgan muxtor respublika yoki boshqa muxtor birlik. U oʻzining konstitutsiyasi, qonun hujjatlari, hududi, fuqaroligi, oliy davlat organlari, maʼlum darajada byudjet va soliq mustaqilligiga ega. Lekin, u boshqa katta davlat doirasida tuzilganligi sababli oʻz pul tizimiga, armiyasiga, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy munosabatlarda toʻliq mustaqillikka va xakazoga ega boʻlmaydi.
Boshqa hududlar
Yangi Zelandiya bilan Assotsiyalashgan davlat
Mulklar
Doimiy (mahalliy) aholisi va oʻz fuqaroligiga ega boʻlgan tuzilishlar
Dengizorti hududlar, baʼzan alohida hududlar sifatida tasniflanadi
Doimiy aholisi boʻlmagan qaram hududlar
Boshqalar
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org