Davlatbek Abdulayev
Категория:Персоналии по алфавиту
Davlyatbek Abdulayev (1918, Buxoro amirligi Navdonak qishlogʻi — 2008, Tojikiston) — sovet qishloq xoʻjaligi xodimi, Roxi Lenin nomidagi kolxoz rahbari. Millati tojik. Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi. 1958-yildan KPSS a'zosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949).
Biografiya
Abdulayev Davlatbek 1918–yilda Navdonak qishlog‘ida (o‘sha paytda Buxoro amirligining Qorategin bekligi, hozirgi Tojikiston hududi) tug‘ilgan. Millati bo'yicha - tojik. 1935–1942–yillarda Stalinobod viloyati Oktyabr tumanidagi Rohi Lenin paxtachilik kolxozida ishlagan. 1942-yilda Abdulaev Qizil Armiya safiga chaqirildi. Oʻsha yildan boshlab Ulugʻ Vatan urushi janglarida qatnashgan. Harbiy jasoratlari uchun u uchta orden bilan taqdirlangan.
So‘ngra “Kommunizm” kolxozida dastlab bo‘g‘inchi, so‘ngra brigadir bo‘lib ishlagan. 1953-yilda Tojikiston qishloq xo‘jaligi maktabini tamomlab, agronom bo‘ldi. 1958–yildan KPSS a'zosi, 1960–yilda "Kommunizm" kolxoziga bo'lim mudiri etib tayinlandi .
1970-yilda Tojikiston qishloq xo'jaligi institutining agronomiya fakultetini sirtdan tamomlagan. Nafaqaga chiqqanidan keyin Tojikistonda yashab, 2008-yilda vafot etgan.
Mukofotlar
Davlyatbek Abdulayev quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan :
"O'roq va bolg'a" oltin medali (1949 yil 3 may - 3439-son);
Lenin ordeni (1949 yil 3 may - 99516-son);
"Mehnatdagi jasorat uchun" medali (1948 yil 1 mart)
VDNKh oltin medali ;
VDNKhning kumush medali.
Eslatmalar
uz.wikipedia.org