DAVLAT ZAYOMLARI
DAVLAT ZAYOMLARI — byudjeti pul to’plash maqsadida davlat nomidan sotish uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz. Qarzni qoplash muddatlariga ko’ra qisqa muddatli (1 yil), o’rta muddatli (2-5 yil) va uzoq muddatli (5 va undan ortiq yillik) Davlat zayomlari bo’ladi. Daromadliligiga qarab foizli va yutuqli, tarqatilish joyiga qarab mamlakatning ichki va xorijiy davlatlarga kredit tarzida beriladigan tashqi zayomlar mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz