Davlat yoki hukumat rahbari etib saylangan yoki tayinlangan ayollar roʻyxati
Quyida birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrdan boshlab (1918–1939) oʻz mamlakatlarida davlat yoki hukumat boshligʻi etib saylangan yoki tayinlangan ayollar roʻyxati keltirilgan. Birinchi ro'yxat davlat rahbari yoki hukumat rahbari ham bo'lishi mumkin bo'lgan ayol prezidentlar, shu bilan birga, hozirda davlat boshlig'i bo'lmagan hukumat boshliqlari, misol uchun bosh vazirlarni o'z ichiga oladi. Ro'yxatga davlat rahbari bo'lgan (lekin hukumatni emas) ayol monarxlar kirmaydi.
Xertek Anchimaa-Toka, asosan tan olinmagan va hozirda tugatilgan Tuvan Xalqi Respublikasining "Dunyoda eng birinchi saylangan ayol davlat rahbari' deb hisoblanadi. U 1940-yilda mamlakat prezidiumining ayol rahbari bo'ldi.
Demokratik ravishda mamlakat bosh vaziri etib saylangan birinchi ayol Seylonlik (hozirgi Shri-Lanka) Sirimavo Bandaranaike edi, o'shanda u o'z partiyasini 1960-yil iyul oyidagi umumiy saylovda g'alaba boshlagan.
Argentinada mamlakat prezidenti bo'lib xizmat qilgan birinchi ayol Isabel Peron bo'lib, u davlat vitse-prezidenti sifatida ishladi va 1974-yil iyul oyida turmush o'rtog'ining vafotidan keyin prezidentlik lavozimini egalladi.
Islandiyaning mamlakat prezidenti etib saylangan birinchi ayol Vigdis Finnbogadottir bo'lib, 1980-yildagi prezidentlik saylovi,shuningdek, keyingi uchta saylovlarida g'alaba qozonib, jami 16 yil davomida o'z lavozimida qoldi, bu esa uni tarixda eng uzoq vaqt xizmat qilgan merosxo'r bo'lmagan ayol davlat rahbariga aylantiradi.
Ko'pchilik musulmon bo'lgan davlat Pokistonda birinchi marta demokratik ravishda saylangan ayol bosh vazir Benazir Bhutto bo'lib, u o'z partiyasini 1988-yilda, keyinroq 1993-yilda boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda g'alabaga boshladi, bu uni har qanday musulmon millatining demokratik yoʻl bilan saylangan birinchi ayol rahbariga aylantirdi. Shuningdek, Bhutto merosxo'r bo'lmagan ikki dunyo yetakchilaridan birinchisi bo'lib, u lavozimida xizmat qilayotganda farzand ko'rgan, ikkinchisi esa Yangi Zelandiyalik Jasinda Ardern edi.
Hukumatni merosxo'r bo'lmagan eng uzoq muddat boshqargan ayol va mamlakatning eng uzoq vaqt xizmat qilgan ayol yetakchisi Bangladeshlik Shayx Hasina hisoblanadi. U 1996 yildan 2001 yilgacha va yana 2009 yildan beri, umumiy 19 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat bosh vaziri lavozimida ishlagan.
Ekvator Gvineyasi, Namibiya, Peru va Uganda bosh vazirlari saylangan yoki tayinlangan ayol hukumat boshlig'i o'rinbosarlari ro'yxatiga kiritilgan, ammo saylangan yoki tayinlangan ayol davlat rahbari o'rinbosarlari ro'yxatiga kiritilmagan, chunki bu mamlakatlarda vitse-prezidentlik idorasi mavjudligi sababli, ular hukumat boshlig'i ham, davlat rahbari o'rinbosari ham emas. Janubiy Koreya bosh vazirlari esa bu ro'yxatlarning ikkalasiga ham kiritilgan.
Hozirda, Barbados davlat rahbari ham, hukumat rahbari ham ayollar bo'lgan dunyodagi yagona respublikadir.
Shuningdek qarang
Manbalar
Tashqi havolalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org