Davlat yer fondi




Yer fondi bu maʼlum hududda, uning chegaralari ichidagi (mamlakatda, viloyatda, tumanda va hokazo) xoʻjalik yuritish mulkchilik egalik qilish, foydalanish, ijara obyektlari hisoblangan barcha yerlarning yigʻindisidir.

Yer fondi — mamlakatning jami yer resurslari maydoni. Ye.f. yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi: 1) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali (mevasiz) daraxtzorlar va tokzorlar va b. ekinlar b-n band yerlar va b.; 2) aholi punktlari (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punkti) yerlari — shaharlar va shaharchalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va b. maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek, om-maviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 5) tarixiymadaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon b-n qoplangan, shuningdek, oʻrmon b-n qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari oʻchun berilgan yerlar; 7) suv fondi yerlari — suv obʼyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obʼyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar — yuqorida nomlangan Ye.f. toifalariga ajratilmagan, maʼlum ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik sabablarga kura xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari boʻlmagan yerlar.

E.f. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har xoʻjalik yilning 1-yanv.ga nisbatan tuziladi. Ye.f. maʼlumotlari xoʻjalik, tuman, viloyat va mamlakat miqyosida beriladi (jadvalga q.). Bunda Ye.f. tarkibidagi yer turlarining maydon va sifat oʻzgarishlari oʻz aksini topadi.

Oʻzbekistonda Ye.f.ning asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xoʻjaligi yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fu-qarolar yerlari — tomorqa (1%), oʻrmon va toʻqayzorlar (3,2%) va qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2%) iborat. Shundan sugʻoriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,6% tashkil etishiga qaramay respublika qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90% shu yerlardan olinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Ye.f.ning toifalar boʻyicha taqsimoti 445-b.dagi jadvalda berilgan).

Yana q.




Adabiyot




Qosimjon Rahmonov.

Yer fondi toifalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz