Davlat xarajatlari
Davlat xarajatlari — davlatning moliyaviy xarajatlari boʻlib, davlatning oʻz funksiyalarini bajarishi b — n bogʻliq boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul jamgʻarmalarini taqsimlash hamda ulardan uzluksiz ravishda foydalanish boʻyicha huquq normalari b — n tartibga solingan iqtisodiy munosabatlar.
Davlat xarajatlari davlat byudjetida, shuningdek vazirliklar, qoʻmitalar, korxona va tashkilotlarning moliyaviy rejalarida va smetalarida nazarda tutiladi.
Byudjetlarni tayyorlashda markazlashgan va markazlashma gan pul jamgʻarmalarining oʻzaro nisbati belgilanadi. Davlat xarajatlarining hajmi davlat daromadlaridan, iqtisodiy koʻrsatkichlardan, birinchi navbatda milliy daromadni tashkil etishdan kelib chiqqan holda belgilanadi[1].
Manbalar
uz.wikipedia.org