Davlat tipologiyasi




Davlat tipologiyasi – davlatning mohiyatan oʻziga xos xususiyatlarini
ajratish yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalaniladigan ta’limot,
bilimlar tizimidir. Davlat tipologiyasida davlatlarni muayyan mezonlar asosida turlarga ajratish, tasniflash amalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida
davlat tipologiyasini oʻrganishda ikki xil yondashuvni, ya’ni formatsiyaviy
(tarixiy materialistik) va sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuvni koʻrsatish
mumkin.

Formatsiyaviy yondashuvning



Formatsiyaviy yondashuvning ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir boʻladi va bu
davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroq ikkinchi tipiga oʻtishini
nazarda tutadi. Formatsiyaviy yondashuv fanda sinfiy yondashuv deb ham
yuritilib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar hisoblanadi. Mazkur tipologiyada, birinchidan, davlatlar muayyan
ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlatlarning tabiiy-tarixiy xususiyati ularning oʻz taraqqiyotida ma’lum bosqichlarni
oʻtishini koʻrsatadi.
Formatsiyaviy yondashuv bir tipdagi davlatning boshqasiga faqat sotsial
inqilob orqali oʻtishini tan oladi. Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi
sinfiy manfaatlarni amalga oshirishdan iborat boʻladi. Masalan, quldorlik davlati – quldorlarning, feodal davlat – yirik yer egalarining irodasini ifodalaydi.
Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsiyaviy yondashuv aniq ifodalangan
sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarish munosabatlari tipiga koʻra
quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik davlat turlarini ajratib koʻrsatish
mumkin.

Birinchi davlat tipi



An’anaga koʻra, quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi hisoblanadi. Ushbu davlat tipining paydo boʻlishi eramizgacha boʻlgan IV-III asrlarga
toʻgʻri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Xitoy,
Qadimgi Hindiston va ikki daryo oraligʻida paydo boʻlgan. Quldorlik davlati
tizimi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatlarida eng toʻliq tarzda
rivojlangan.

Quldorlik tipidagi davlatning feodal davlati bilan almashishi



Ekspluatatsiya shaklining oʻzgarishi quldorlik tipidagi davlatning feodal
davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydo boʻlishi yangi
eraning V–XI asrlariga toʻgʻri keladi. Feodal jamiyatning asosini feodallarning
yerga boʻlgan xususiy mulkchiligi tashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar
sinfining diktaturasi sifatida maydonga chiqadi.

Kapitalistik davlat tipi



Ishlab chiqarishning yanada oʻsishi, savdo va sanoatning rivojlanishi yangi davlat tipi – kapitalistik davlatning paydo boʻlishiga olib keldi. Oʻzgalar
mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakli quldorlik va feodal shakllardan farq qiladi. Bunda u mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdanochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalaridan mahrum boʻlgan va shu sababli yashash uchun oʻz kuchini kapitalistik
korxonalarning egalariga sotishga majbur boʻlgan yollanma ishchilar sinfining
yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi.
Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchilarni ekspluatatorlarga boʻysundirishida yordam beruvchi, ularni jamiyatni
tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya
qilishga majbur qiluvchi mashina boʻlib keldi.
Biroq keyingi oʻn yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar yuz
berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar milliy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila
boshladi. Demokratik gʻoyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi,
bu jamiyatning rivojlanishida davlatning oʻrni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan
qolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yoʻnalishi jiddiy ravishda
oʻzgara boshladi. Davlat zoʻrlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat
ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi.

Sotsialistik davlat



Sotsialistik davlat toʻgʻrisidagi gʻoyalar sinfiy nazariya (markscha-lenincha
ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo boʻlgan. Ular oʻz asarlarida sotsialistik
davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qoʻyib, asosiy tafovut hokimiyatning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qoʻlida boʻlishi va undan ekspluatatsiya
qilinuvchi koʻpchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirganlar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo
boʻladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zoʻravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon
eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini oʻrnatish zarurligi
bilan bogʻlanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob gʻalabasidan soʻng hokimiyat
ishchilar sinfi qoʻlida boʻlishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq manfaatlari yoʻlida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni yangi
hayot qurish uchun oʻziga ergashtirishga intiladi.
Sinfiy tipologiya ta’limoti mamlakatimizda sobiq sovet Ittifoqi parchalangunga qadar yagona gʻoya sifatida e’tirof etib kelindi. Ushbu ta’limotning
asosiy kamchiligi shundaki, u dunyodagi barcha davlatlarni yagona sinfiy
tipologiyaga kiritgan holda, bu boradagi milliy, madaniy, diniy va boshqa bir
qator omillarni inkor etadi.


Sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuv



Sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuv formatsiyali yondashuvni toʻliq
rad etmagan holda, davlat tipologiyasini mamlakatlar erishgan taraqqiyot darajasiga bogʻliq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsiyaviy yondashuv sinfiy yondashuvdan ancha keng. Ma’rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya mahsuli sifatida namoyon boʻladi. Bu yondashuvning koʻzga koʻringan vakili A. Toynbidir. Uning fikricha,
sivilizatsiya – jamiyatning milliy, diniy, jugʻrofiy va boshqa belgilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir. Unga binoan, davlatlar xronologik, genetik, jugʻrofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy asoslar va hokazo mezonlarga koʻra tiplarga ajratiladi.
Davlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, oʻrta va kichik davlatlarga
boʻlish mumkin. Katta hududli davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Xitoy,
Hindiston va Meksika kabi davlatlarni misol qilsak, oʻrta hajmli hududdagi davlatlarga Oʻzbekiston, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarni olish mumkin. Kichik davlatlar qatoriga Kipr, Daniya, Vatikan kabi davlatlarni koʻrsatish
mumkin. Davlatni izohlashga tarixiy nuqtayi nazardan yondashuv asosida ularni
qadimiy, oʻrta asr va hozirgi zamon davlat turlariga ajratsa boʻladi.
Qadimiy davlatlar Yevropada milodgacha IX-VII asrlarda mavjud boʻlgan.
Oʻrta Osiyo hududida ilk davlatlar sifatida dastlab Katta Xorazm, Soʻgʻd, Qangʻ
va Baqtriya davlatlari paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarga Oʻzbekiston hududida paydo
boʻlgan va rivojlangan Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Ashtarxoniylar
davlatlari misol boʻla oladi. Hozirgi zamon davlat turlari sifatida, ayni vaqtda, rivojlanayotgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Xitoy kabi davlatlarni ta’kidlab
oʻtish mumkin.
Tarixiy va madaniy rivojlanishiga koʻra esa davlatlar dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi (agrar) va sanoat bilan shugʻullanuvchi (industrial) davlatlarga boʻlinadi. Agrar davlatlarning aksariyati Osiyo hududida joylashgan
boʻlib, ushbu davlatlar xalqlarining turmush tarzi va hayot kechirish manbayi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanishga moslashgan. Sanoat bilan
shugʻullanuvchi davlatlar sifatida koʻproq Yaponiya, AQSh va Yevropa mamlakatlarini qayd etish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi sanoatlashgan agrar
davlat tipiga kiradi.


Sharq va g'arb tipidagi davlatlar



Ma’rifiylik tavsifiga koʻra, davlatlar – Sharq va G'arb tiplariga boʻlinadi.
Sharq davlatlariga Osiyo hududida joylashgan davlatlarni Gʻarb davlatlariga –
Yevropa mintaqasi mamlakatlarini koʻrsatish mumkin.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan
yillik yalpi ichki mahsulotning (YaIM) hajmi boʻyicha yuksak darajada rivojlangan (Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya, Amerika), oʻrta darajada rivojlangan
(Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston) va «qashshoq» (Efiopiya, Nigeriya, Kongo,
Somali) davlatlarga boʻlinadi.
Ma’rifiy tipologiyaning ijobiy jihatlari, birinchidan, ma’lum sharoitlardagi madaniy omillar tipologiyaning asosiy mezoni qilib olinadi, ikkinchidan,
ma’naviy mezonlarning koʻpligi, muayyan sivilizatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari tipologiyani aniq amalga oshirishga imkon beradi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Davlat tipologiyasi — bu davlatlarni ularning strukturasi, boshqaruv shakllari, hokimiyatning tashkil etilishi va boshqa ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari bo‘yicha tasniflash tizimidir. Bu tipologiya yordamida davlatlar turli mezonlar asosida guruhlarga ajratiladi, bu esa ularni chuqurroq o‘rganish va tahlil qilish imkonini beradi.

Davlat tipologiyasining asosiy tamoyillari va turlari quyidagicha:

  1. Hokimiyat asosida davlat turlari:

    • Avtokratik davlat: Boshqaruv markazlashtirilgan bo‘lib, hokimiyat bir shaxs yoki kichik guruh qo‘lida jamlangan. Misol uchun, monarxiya yoki diktatura.
    • Demokratik davlat: Hokimiyat xalqqa tegishli bo‘lib, erkin saylov va ko‘ppartiyaviy tizim mavjud. Bu davlatlarda fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari kafolatlangan.
    • Aralash yoki gibrid davlatlar: Bu yerda avtokratik va demokratik elementlar aralashib ketgan bo‘ladi.
  2. Tashkiliy tuzilishi bo‘yicha davlat turlari:

    • Markazlashtirilgan davlat: Barcha muhim qarorlar va hokimiyat markaziy organlarda jamlangan.
    • Federatsiya: Bu davlat tarkibiy qismlarga (hududlarga, respublikalarga) katta avtonomiya berilgan va ularning o‘z qonunlari bo‘lishi mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiyasi, AQSh.
    • Konfederatsiya: Mustaqil davlatlarning ittifoqi bo‘lib, markaziy hokimiyat juda zaif yoki yo‘q. Bu shaklda davlatlar o‘z suverenitetini saqlab qoladi.
  3. Qonun va huquq tizimiga ko‘ra:

    • Huqiqiy davlat (Rule of Law): Qonun ustuvorligi asosida boshqariladi, barcha fuqarolar qonun oldida teng.
    • Avtoritar davlatlar: Qonunlar ko‘proq hukumat yoki yetakchining xohishiga bog‘liq bo‘ladi, ko‘pincha inson huquqlari cheklangan.
  4. Tashkiliy shakl va boshqaruv uslubiga qarab:

    • Monarxiya: Hokimiyat meros orqali o‘tadi va odatda cheklanmagan yoki cheklangan bo‘ladi. Monarxiya absolyut (to‘liq hokimiyatga ega) yoki konstitutsiyaviy bo‘lishi mumkin.
    • Respublika: Hokimiyat xalq tomonidan saylangan vakillar orqali amalga oshiriladi.
  5. Davlat xususiyati va funktsiyasi asosida:

    • Milliy davlat: Muayyan millat yoki etnik guruhga asoslangan davlat.
    • Ko‘p millatli yoki ko‘pmadaniyatli davlat: Bir nechta millatlar yoki elatlarni o‘z ichiga oladi.

Davlat tipologiyasi siyosatshunoslik, huquqshunoslik, iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy fanlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u turli davlatlarning shakllari, rivojlanish yo‘llarini tushunishga yordam beradi. Turli mamlakatlarning tarixiy, madaniy, ijtimoiy sharoitlari davlat turini aniqlashda hal qiluvchi omil sanaladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz