Davlat suv fondi




Davlat suv fondi , yagona davlat suv fondi — mamlakat hududidagi suvlar (suv obʼyektlari) — daryolar, koʻllar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanallar va hovuzlarning suvlari, yer osti suvlari va muzliklar, ichki dengizlar, hududiy suvlar. Oʻzbekistonda suv davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi. D.s.f. obʼyektlari aholiga, korxonalar, muassasalarga va tashkilotlarga faqat foydalanish uchun beriladi. Oʻzbekiston hududida davlatdan boshqa hech kim suv egasi boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekistonda suvga doir munosabatlar, aholi va xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvni bulgʻanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saklash, suvning zararli taʼsiri oldini olish va uni bartaraf qilish, suv obʼyektlari holatini yaxshilash tadbir va tartib-qoidalari, shuningdek, suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xoʻjaliklari va fuqarolarning huquqlari qonun bilan tartibga solinadi.

Oʻsimlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradigan, togʻ jinslari, atmosfera havosi va tabiiy muhitdan olingan hamda vodoprovod tizimi rezervuarlarida boʻlgan suvlar D.s.f. tarkibiga kirmaydi. D.s.f.ni hisobga olish uchun mamlakatda suvlarning miqdor va sifat tavsiflari hamda ulardan foydalanish darajasini, shuningdek, suvdan foydalanishning davlat roʻyxatini oʻz ichiga oladigan davlat suv kadastri yuritiladi.

D.s.f.ni tasarruf etishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi. Respublikada suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (yer usti suvlari). Davlat geol. va mineral resurslar davlat qoʻmitasi (yer osti suvlari), "Sanoatkontexnazorat" agentligi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) oʻz vakolatlari doirasidaolib boradi. Yer usti suvlari sifatini "Boshgidromet", yer osti suvlari sifatini Davlat geol. va mineral resurslar qoʻmitasi, ichimlik suvlarini Sogʻliqni saqlash vazirligi nazorat qiladi.

Oʻzbekistonda D.s.f.dan qishloq xoʻjaligi, energetika, sanoat, kommunal xoʻjaligi taʼminoti, baliqchilik, davolash va b. maqsadlarda foydalanildi. Orol dengizi havzasida suv resurslari tiklanadigan yer usti va yer osti suvlari hamda qaytma suvlardan tashkil topadi. Bu havzadagi eng yirik daryolar Amudaryo va Sirdaryoning yillik oʻrtacha oqimi 115,6 km ni (Amudaryo — 78,5, Sirdaryo — 37,1 km) ni tashkil etadi. Oʻzbekiston xududida esa Orol dengizi havzasi daryolari okimining 7% hosil boʻladi, lekin havzadagi daryolar yillik oʻrtacha oqimining 51,6% isteʼmol qilinadi. Orol dengizi havzasida yer osti suvlarining tiklanadigan umumiy hajmi 34 km ni tashkil etadi, uning tasdiqdangan va foydalanish mumkin boʻlgan zaxirasi 12,5 km ga teng. Bu zaxiralarning deyarli 50% Oʻzbekiston hududida joylashgan. Oʻzbekiston toglarida 30 dan ortiq muzlik mavjud. Shuningdek, suv omborlarida suv fondining katta kismi toʻplangan. Sugorish va drenaj tarmoklarining hozirgi texnik holatida respublika boʻyicha har yili 22—P km drenaj suvlari hosil boʻladi, ularning 13 km dan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda foydalanish mumkin. Drenajtashlama suvlar bilan har yili 50—62 mln. t tuzlar sugoriladigan massivlar doirasidan chiqarib tashlanadi va ular dare suvlari sifatini yomonlashuviga olib keladi. hozirgi davrda Amudaryoning oʻrta va quyi oqimlarida suvning oʻrtacha shoʻrlanishi darajasi 1,0—1,2 g/l ni, Sirdaryoning oʻrta oqimlarida joylashgan viloyatlarida 1,5—1,6 g/l ni tashkil etadi. Respublikada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida aholi jon boshiga suvning yillik oʻrtacha solishtirma sarfi 2540 m3 ni tashkil etadi (Qirgʻizistonda 1128 m3, Isroilda 345 m3).

Oʻzbekistonda suv resurslarining 90% sugʻorma dehqonchilikda sarflanadi va 1 ga maydonni sugʻorish uchun oʻrtacha 12,5 ming m3 (Isroilda 5,6 ming m3) suv sarflanadi. Oʻzbekistonda D.s.f.ga doir huquqiy munosabatlar "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1993 yil 6 may) bilan tartibga solinadi.

Toshtemir Bekmurodov, Zuhra Sobirova.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz