Davlat qo'riqxonasi
Davlat qoʻriqxonasi — aloxida ilmiy yoki madaniy — maʼrifiy ahamiyatga ega boʻlgan noyob va qimmatbaho hayvonlar hamda oʻsimliklar joylashgan noyob tabiiy majmualar.
Shu nuqtai nazardan qaraganda Davlat qoʻriqxonalarining yer uchastkalari oʻzida alohida rejimdagi yerdan foydalanishni ifoda etadi. Davlat qoʻriqxonasi oʻz oldiga oddiy va noyob tabiiy majmualar, oʻsimlik va hayvonlarning irsiy fondlarini saqlab qolish va oʻrganish, tabiiy jarayonlar va xodisalar oʻzgarishi ustidan monitoring oʻtkazish maqsadini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasidagi tabiatni muhofaza etuvchi ilmiy tadqiqot muassasasidir.
Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolish va koʻpaytirishda Davlat qoʻriqxonalarining roli alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimizda alohida qoʻriqlanadigan oʻn bitta tabiiy — hududiy obʼekt, shu jumladan , 9 ta qoʻriqxona: Chotqol togʻ — oʻrmon, Paygʻambar orol, Qizilqum, Boday toʻqay, Nurota, Zarafshon, Hisor, Varganza, Koʻhitangtor, Kitob qoʻriqxonalaridir. Davlat qoʻriqxonasi yerlari huquqiy holatidagi oʻziga xos asosiy xususiyat ushbu yerlarning toʻlaligicha xoʻjalik oborotidan olib quyilganligi hisoblanadi . Davlat qoʻriqxonasining oʻzi ham tabiiy resurslarni ishlatish, tabiatning tabiiy holatini buzuvchi, oʻz oldiga quyilgan vazifalarni bajarishdan boshqa xarakatlarni sodir qilish huquqiga ega emas.
Manbalar
uz.wikipedia.org