Davlat qimmatli qog‘ozlari




Davlat qimmatli qogʻozlari - byudjet kamomadini qoplash maqsadlarida hukumat yoki mahalliy hokimiyat idoralari nomidan chiqarilgan va albatta xukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qogʻozlar. Amal qilish muddatlariga koʻra turlari: qisqa muddatli obligatsiyalar — xazina veksellari (bir haftadan 1 yilgacha), oʻrta muddatli — notalar (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli — bonlar (5 yildan ortiq). Yana aholi jamgʻarmalarini jalb qilish maqsadlarida chiqariladigan jamgʻarma bonlar, sertifikatlar singari D.q.q. ham mavjud. D.q.q. istalgan vaqtda toʻlov uchun taqdim qilinishi mumkin, biroq muddati toʻlmagan qimmatli qogʻozlar uchun tulov foizi past boʻladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz