Davlat naslchilik nazorati




Davlat naslchilik nazorati — mamlakat miqyosida chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini nazorat qilish majmui. Tarmoqda yagona ilmiytexnika siyosatini amalga oshirish, davlat va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, naslchilikdagi meʼyoriy hujjatlar va qoidalarni tasdiqlash, nasldor hayvonlarni, naslchilik xoʻjaliklari va podalarini tegishlicha davlat kitobida va davlat reyestrida roʻyxatga olish, naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va genetik injeneriya usullarini qullash shartlarini belgilash, naslchilikni davlat yoʻli bilan ragʻbatlantirish, seleksiya maqsadlari uchun noyob zotlar genofondini saqlab qolish choratadbirlari va b.ni qamraydi. Oʻzbekistonda D.n.n. ishlari Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12 iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan. D.n.n.ni Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar hokimliklaridagi naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyalari olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21 dekabrda qabul qilingan "Naslchilik toʻgʻrisida" qonunida Oʻzbekistonda birinchi marta D.n.n.ning asosiy vazifalari va huquqiy asoslari belgilab berilgan.

Izatulla Eshmatov.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz