DAVLAT MONOPOLIYASI
DAVLAT MONOPOLIYASI – jamiyatda muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, ayrim tovarlarni ishlab chiqarish yoki ba’zi tovarlar savdosi bo’yicha davlatning yagona egalik qilish huquqi. Ayrim mamlakatlarda katta foyda beradigan spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qurol-yarog’lar ishlab chiqarish, pul bosib chiqarish, eksport va import nazorati va boshqalar Davlat monopoliyasi hisoblanadi. Davlat o’z monopoliyasi bo’lgan faoliyat turini yashirin amalga oshirishga yul qo’ymaslik choratadbirlarini ko’radi. Masalan, O’zbekistan Respublikasida davlat mulki hisoblanadigan va uning tasarrufida bo’lgan, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin bo’lmagan boyliklar, korxonalar, mol-mulk turlari hamda guruhlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan (1995 yil 31 avgust) belgilab qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz