Davlat immuniteti




Davlat immuniteti (daxlsizligi) — davlatning xorijiy yurisdiksiya (sudlov ishlarini olib borish ququqi)dan daxlsizligi, xalqaro huquq qoidalaridan biri. Unga koʻra, davlat va uning organlariga xorijiy davlat sudida daʼvo qoʻzgʻatilishi, davlat mulki hisobidan toʻlov undirilishi, mulki xatlab qoʻyilishi mumkin emas.
Bir davlatning boshqa davlatni sudga javobgar sifatida (davlatni o'zi bunga rozilik bergan holdan tashqari) tortishi mumkin emasligi/ Davlat immuniteti davlatga va uning mulkiga tatbiq etiladi. Davlat mulki majburiy olish (egallash), vaqtincha taqiqlab qo'yish (xatlab qo'yish) va boshqa chora ko'rish obyekti bo'lishi mumkin emas.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz