DAVLAT GA RAY
DAVLAT GA RAY — Qrim xonlarining nomi. Davlat Ga Ray (?-1577) — xon (1551 yildan). Turkiya sultonining vassali. Polsha va ayniqsa Rossiyaga tez-tez hujumlar uyushtirib turgan. 1552 yil rus qo’shinlarining qozonga qilgan yurishiga to’sqinlik qilishga harakat qilgan. Livon urushi paytida Davlat Ga Ray Polsha qiroli bilan ittifoq tuzib, Rossiyaga bir necha bor yirik yurishlarni amalga oshirgan. 1569 yil turklarning Astraxonga qilgan harbiy yurishida ishtirok etgan. 1571 yil bahorida 120 ming kishilik qo’shin bilan rus davlatiga hujum qilib, may oyida Moskvaga o’t qo’ygan, lekin 1572 yil qaytadan yurish qilganida ruslardan mag’lub bo’lgan. Davlat Ga Ray (?-1724) – Salimgaray o’g’li; bir necha marta taxtni egallagan (1699— 1724). Qrim xonligidagi ichki ziddiyatlar (no’g’aylar isyoni, aka-uka G’ozigaray, Qoplongaraylar bilan bo’lgan adovat) tufayli uning mavqei mustahkam bo’lmagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz