DAVLAT DUMASI



DAVLAT DUMASI – 1) Rossiyada 1906-17 yillarda qonun chiqaruvchi vakolatli muassasa. 1905 yil 17 oktabr Manifesti bilan ta’sis qilingan. 1917 yil 6(19) oktabrda muvaqqat hukumat tomonidan tarqatib yuborilgan. 2) Rossiya Federatsiyasining 1993 yildagi Konstitutsiyasiga ko’ra Federal Majlis ikki palatasidan biri. Deputatlarning yarmi siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar ro’yxatlari bo’yicha, qolgan yarmi majoritar tizimga muvofiq bir mandatli okruglar bo’yicha 4 yilga saylanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz