Davlat chegarasini qo'riqlash organlari




Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari  — „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonuniga muvofiq, OʻzRda davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash vakolatiga ega boʻlgan organlarning tizimi belgilangan.
Mazkur Qonunga koʻra, OʻzR VM, OʻzR Milliy xavfsizlik xizmati (OʻzR DXX), OʻzR Tashqi ishlar vazirligi, OʻzR Mudofaa vazirligi, OʻzR IIV, OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi vakolatlarga ega boʻlgan organlar hisoblanadi.

„Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 29 — m.siga koʻra, OʻzR Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; davlat chegarasi himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi; chegara qoʻshinlarini boshqarishni amalga oshiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini Oʻzi boshqarish organlari, korxonalar va muassasalar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi; tashkilotlarning davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash davlat chegarasi xavfsizligiga tahdidlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etadi;
razvedka, kontrrazvedka va tezkor — qidiruv faoliyatini amalga oshiradi; belgilangan tartibda kontrabandaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz