Davlat boji
Davlat boji — davlatning maxsus vakolatli idoralari (sud, militsiya, fuqarolik holatini qayd etish byurosi, xo‘jalik sudlari, notarial ido-ralar, sug‘urta agentliklari va b.) tomonidan fuqarolar, korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yo‘lida xizmat ko‘rsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar (pasport, turli guvohnomalar, sertifikat, litsenziya va b.) berganlik uchun undiradigan pul yig‘imlari. O‘zbekistonda D.b. stavkalari O‘zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Respublikada D.b.ni to‘lash, undirish va nazorat qilish va b. 1992 y. 9 dek.da qabul qilingan O‘zRning
«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonuniga
muvofiq amalga oshiriladi.
Manba
O'zME
davlatning maxsus vakolatli idoralari tomonidan fuqarolar, korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yo‘lida xizmat ko‘rsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar berganlik uchun undiradigan pul yig‘imlari