Davlat bayrog'i
Davlat bayrog'i — davlatning asosiy ramzlaridan biri: rasmiy, boshqa davlatlardan farqlovchi belgisi, emblemasi. D.b.ning tasviri maxsus qonun yoki konstitutsiya b-n belgilanadi. Davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. U gerb yoki boshqa emblema tasvirlangan bir yoki ko‘p rangli alvondan iborat bo‘ladi (jahondagi davlatlar bayroqlari tasviri haqida tegishli maqolalarga q.). D.b. davlat mu-assasalari, elchixonalar, konsulliklar, vakolatxonalar, bojxonalar va h.k. binolarida ko‘tariladi. Milliy bay-ramlar kunlari elchixonalar, vakolatxonalar, konsulliklar o‘z mamla kati bayrog‘ini ko‘taradi. D.b., shuningdek, marosimlar paytida, xalqaro sport so-vrinlari topshirilayotganda va b. xrllarda ham ko‘tariladi.
O‘zbekistan Respublikasi D.b.ning sxematik va rangli tasviri «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrogi to‘g‘risida»gi qonun (1991 y. 18 noyab.) da tasdiqlangan. O‘zbekistan Respublikasi D.b. bayroqning butun uzunligi bo‘ylab to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tashkil topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning yuqori qismida yarim oy va 12 yulduz tasviri tushirilgan. Bayroqning uz. 250 sm, kengligi 125 sm ga teng (155-b.dagi tasvirga q.). O‘zbekistan Respublikasining D.b. xalqaro maydonda; O‘zR rasmiy delegasiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, anjumanlarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zRning timsoli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi D.b. va uni ko‘tarish b-n bog‘liq tartib-qoidalar yuqoridagi qonunda belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi D.b. doimiy suratda, jumladan, mamlakat Prezidenta, Oliy Majlis, O‘zbekiston huku-mati, xalq deputatlari mahalliy kengashlari, hokimliklar ish olib borayotgan binolarda, O‘zbekistonning rasmiy delegasiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda, bayram kunlari — vazirliklar, davlat qumitalari va muassasalari, korxonalar va tashki-lotlar binolari, shuningdek, uy-joy binolarida ko‘tariladi.
Manba
O'zME
davlatning asosiy ramzlaridan biri