Davlat ayblovchisi



Davalt ayblovchisi jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga qo‘yilgan aybni sudda davlat nomidan qo‘llabquvvatlaydigan prokuror. Prokuror ayblovni quvvatlaganda amaldagi qonunlarning talablariga va ishning barcha holatlarini e’tiborga olishga asoslangan o‘z ishonchiga amal qiladi. D.a. tekshirishda ishtirok etadi. Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining hara-katlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida qamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi. Prokuror sud tergovi natijalari asosida sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovni o‘zgartirish zarur, degan xulosaga kelsa, bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart. Sud muhokamasida qatnashgan prokuror sud tergovi ma’lumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi, degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi; ayblovning mazmunini o‘zgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda takdim etishi shart. Basharti fuqa-rolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, da’vo qo‘zg‘atuvchi yoki jabrlanuvchi tomonidan qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni quvvatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida prokurorning sud muhokamasida ishtiroki JPK va Prokuratura to‘g‘risida O‘zR qonuni (yangi tahriri — 2001 y. 29 avg.) b-n belgilanadi (yana q. Ayblov, Xususiy ayblov).

Manba



O'zME
jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga qo‘yilgan aybni sudda davlat nomidan qo‘llabquvvatlaydigan prokuror



Uzpedia.uz