Davlat – fuqarolik huquqining subyekti




Davlat ham fuqarolik huquqining teng huquqli subyekti sifatida huquq va majburiyatlarni yuzaga keltiradi, oʻzgartiradi, bekor qiladi.

Har bir rivojlangan davlatning iqtisodiy tizimi mulkchilik munosabatlaridan boshlanadi. Tabiat inʼom etgan va insoniyat mehnati mahsullari doim mulk hisoblanib kelgan. Insonlarning qanchalik qimmatbaho mulkka egaligiga qarab, ularning jamiyatdagi sotsial oʻrni yuzaga kelgan. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan bironta iqtisodiyot boʻlishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb eʼlon qilinishi, uning xalqaro huquq subyekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi Oʻzbekistonning oʻz boyligini oʻzi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitiga oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy aloqalarning turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega boʻldi. Darvoqe, Oʻzbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning mol-mulkida namoyon boʻladi.


Oʻziga xos belgilari



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi teng huquqli ishtirokchi hisoblanadi. Lekin davlat — oliy hokimiyat, suverenitet sohibi boʻlganligi tufayli fuqarolik huquqiy munosabat subyekti sifatida oʻziga xos bir qancha xususiyatlarga ega:

Turli olimlarning nazariyalari



Bu borada huquqshunos olimlarning davlat huquq layoqatini nomlashda turlicha qarashlari mavjudligini koʻrishimiz mumkin. Koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan umumiy, maxsus, universal, maqsadli va alohida kabi talqinlar mavjud. Yuridik fanlar doktori, professor Rahmonqulovning bu boradagi tahlili shuki, davlat va uning ommaviy-huquqiy tuzilmalarining fuqarolik-huquq layoqati, ham umumiy (universal) va ham maxsus xarakterga ega boʻlishi mumkinligini, bunday boʻlishi davlatning fuqarolik huquqining alohida subyekti ekanligi va uning ishtirokida amalga oshiriladigan munosabatlarning turlari va xususiyatlariga bogʻliqligini, fuqarolik munosabatlarida davlat xususiy manfaatni ifodalasa umumiy, ommaviy hokimiyat faoliyatini amalga oshirsa maxsus xarakterga ega boʻlishligini taʼkidlaydi.

Manbalar




Havolalar



[1] Fuqarolik huquqi — oʻquv qoʻllanma.

[2] Davlat va fuqaro o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar inson foydasiga hal qilinadi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz