Davlat
Davalt — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo‘lgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni o‘z qonun-qoidalariga ko‘ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. to‘g‘risidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud. D. masalasi haqidagi qarashlar, ta’limotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. to‘g‘risidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxm. 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo bo‘lgan. Ular asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto ta’limotiga ko‘ra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini ta’minlashdir. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Allohnpng o‘zi oliy qonun sohibi. Uning talablari, ko‘rsatmalari pay-g‘ambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.
Diniy-mifologik ta’limotlar b-n birga, keyinchalik D. to‘g‘risidagi dunyoviy qarashlar, g‘oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteske, Kant, Jefferson va b. katta hissa qo‘shdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu mutafakkirlar ta’limotlari muayyan darajada o‘z aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va o‘z ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va h.k.) asosida D.ga birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni ta’minlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan.
«Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yo‘lida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi» (Grosiy), «D. huquqiy qonunlar himoyasida bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning birlashmasidir» (Kant). G‘arbiy yevropalik olim J. Boden «D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir», deyish b-n suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda o‘zicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshlig‘i yoki bir necha kishilar bo‘li-shi mumkinligini e’tirof etgan. U D. zimmasiga «qo‘l ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini ta’minlash yuklatiladi», deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil bo‘lmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni o‘z yo‘li b-n kechdi.
D.ning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki D.lar sug‘oriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sug‘orish shoxobchalarini bunyod etish b-n mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. D.ning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, fir’avn, xon va q.k.), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. D. oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati D.ning tub o‘zgarishlarsiz yashashini ta’minlab keldi. Chunonchi, qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo bo‘lib, 30 a.dan ko‘proq yashadi. G‘arb davlatlari Sharq D.laridan ancha keyin paydo bo‘lgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi o‘zgarishlar D.larning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.
O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi ma’lumotlar b-n tanishish mum-kin. O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning o‘rtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-a. larda O‘rta Osiyo hududida eng yirik D.lar «Katta Xorazm» va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. So‘g‘diyona va Farg‘ona vi-loyatlari qad. tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Asrlar davomida o‘zbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘zgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini o‘rganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta asrlarda o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi. 12-a.ning o‘rtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga mo‘eul istilosi to‘siq bo‘ldi. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri b-n uzviy bog‘liqdir. Bu davrda hamma soha iqtisodiy hayot, me’morlik, hunar mandchilik, ilm-fan, san’at yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy an’ana Ulug‘bek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda o‘zaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-a. o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Ko‘qon xonligi) paydo bo‘ldi. Afsuski, ular o‘rtasida birlik bo‘lmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, o‘zaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda O‘rta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston o‘lkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab o‘lkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-a.ning 1-choragida bu kurash o‘zining yuqori nuqtasiga chiqsi. O‘zbekiston D. mustaqilligi e’lon qilinguncha, o‘zbek xalqi o‘z hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi (q. O‘zbekiston Respublikasi).
Turli xalqlar o‘z davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vazi-yatlarga bog‘liq holda turli tarixiy davrlarda bosib o‘tdilar. Yer yuzida o‘z davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan bo‘lib, ularning ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urug‘ va qabilaning ma’naviy o‘lchamlari, urug‘ boshliqlarining obro‘-e’tibori b-n boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti \amdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha ta’limotga ko‘ra, D. sinfiy xarakterga ega, hukmron sinflarning qo‘lidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida D. o‘z qiyofasidan maxrum bo‘ladi va dastavval «yarim davlat»ga aylanib, keyinroq (zarurat bo‘lmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning
«Davlat va revolyusiya» asarida bayon etilgan bu xildagi «nazariy qoida»larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni ko‘rsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, D.siz yashay olmagan, aksincha tom ma’nodagi D.ning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan D. jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan o‘zining asosiy belgilari b-n va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi b-n farqlanadi.
D.ning asosiy belgilari. D.ning belgilari to‘g‘risidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy bo‘linishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib ko‘rsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy e’tirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin: D. o‘z chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo‘yicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; D. — suveren hokimiyatning yagona egasidir; D. — yuridik kuchga ega bo‘lgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; D. — o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur D. organlari hamdategishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, o‘z mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo‘ladi (q. Davlat xavfsizlik organlari).
D. tiplari va shakllari. Davlatshunos olimlar D.ni o‘rganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad., o‘rta asr hamda xoz. D.larni ajratib ko‘rsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qo‘shib hisobga olinadigan bo‘lsa, deqqonchilik b-n shug‘ullanuvchi va sanoat b-n shug‘ullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.larga bo‘linishi mumkin. Sivilizatsiya xarakteriga ko‘ra, D.lar sharqiy, g‘arbiy va aralash (oraliq) D.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo‘yicha esa, yuksak rivojlangan, o‘rtacha rivojlangan hamda «kambag‘al» D.larga ajratiladi. Hoz. zamonda fanda keng foydalanilayotgan D. tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik D.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, D. ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yo‘l qo‘yiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud D. va ijtimoiy tuzumni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Totalitar D.da hamma narsa bir g‘oyaga — «D. — bu hamma narsa, inson esa — hech nima» degan g‘oyaga bo‘ysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qo‘lida bo‘lib, boshqalar D.ni boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar D.da ham hokimiyat tor guruq kishilar qo‘lida bo‘lib, shaxsiy manfaatlar D. manfaatlari yo‘lida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik D. fuqarolarning D. va jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda ta’minlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng bo‘lib, ularni amalga oshirish ta’minlangan bo‘ladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun b-n to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan hamma narsaga yo‘l qo‘yiladi (q. Demokratiya).
D. qurilishida D. shakli katta rol o‘ynaydi. Yangi D.lar tashkil topayotganda uning shakli to‘g‘ri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. D. shakli boshqaruv shakli, D. tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini o‘z ichiga oladi. D. boshqaruv shakli — D. hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya ko‘proq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan D.lar shakli edi. Monarxiyaningo‘zi ham mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya ko‘rinishlariga ega. Mutlaq monarxiya D.larida D. boshlig‘ining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga o‘tadi, D. boshlig‘ining ustidan nazorat yo‘q va u hech kimga hisobot bermaydi.
O‘zbekistonda D. va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov, M.H.Hakimov, A.A.A’zamxo‘-jaev, Sh.Z.O‘razaevnish olib borgan i.t.lari b-n bog‘liq. Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi realliklar D. to‘g‘risidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni taqozo etdi. D.shunoslik, yangi tashkil topgan D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning rivojlanishi, demokratik in-tlar tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi o‘rni xolisona tadqiq qilina boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi D. mustaqilligining huquqiy asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxo‘jaev), O‘zbekistonda D. boshqaruvi va D. hokimiyatini tashkil etish masala lari (A. To‘laganov), D. suvereniteti (M.Fayziev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat ko‘rsatishi, vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D. Niyatullaev, U. Tojixonov, O.T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Hali-lov), o‘zbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Adabiyotlar
Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q, T., 1998;
Karimov I. A., Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari, T., 1998;
Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Temur tuzuklari, T., 1996;
Nik-kolo Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs, Sochinenie v 2-x tomax, M., 1992; A’zamxo‘jaev A. A., O‘zbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993;
Boboev H., Amir Temur va uning qarashlari, T., 1992;
Davlat va ququq nazariyasi (mas’ul muharrirlar: H.B. Boboev, H.T.Odilqoriev), T., 2000;
I slomov 3., Davlat va huquq: umumnazariy masalalar, 2000;
Saidov A., Tojixonov U., Davlat va Huquq nazariyasi [2 jildli], 1-jild, Davlat nazariyasi, T., 2001;
Istoriya politicheskix i pravovыx ucheniy, M., 1996;
Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni, T., 2001;
Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov O‘., Norqulov N., O‘zbekiston tarixi; davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000;
Ziyo A., O‘zbek davlatchiligi tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar), T., 2000;
O‘zbekistan davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
Halimboy Boboev, Olim Husanboev.
mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo‘lgan hukmron tuzilma