Davidzon go'zasi



Davidzon go'zasi (Gossypium davidsonii Kell.) — yovvoyi g‘o‘za turi. Genomi D2_d, xromosomalar soni 2p=26. 1873 y.da topilgan. Birinchi marta Keller ta’riflab bergan (1912). Meksikaning Sonora shtatida, Quyi Kaliforniyada va Ravilya, Gigedo o.da tarqalgan. D. g‘. ko‘p yillik, sertuk buta, bo‘yi 2 m gacha. Hosil shoxlari 2—3 bo‘g‘imli. Barglari mayda, butun yoki 1—2 bo‘lakchali, yuraksimon, uchi cho‘ziq va o‘tkir, och yashil, baxmalsimon. Barg shira bezi bitta, tomir uchlari mayda, qizil. Gullari mayda, kosachasimon, sariq, asosida maydamayda to‘q qizil dog‘lari bor. Gulyonbarglari yuraksimon, 6—8 uchli tishchalar bor. Ko‘saklari mayda, dumaloq, uchi o‘tkir, 3 — 5 chanoqli, to‘liq ochilmaydi. Chigiti mayda, toshdek qattiq, 3—4 mm li qo‘ng‘ir tuklari chigitga yopishgan. D. g‘. qurg‘oqchilikka, sho‘rga chidamli, serhosil, bitlar va bakteriozdan kam zararlanadi. Klossh, Armur g‘o‘zalari b-n oson chatishadi.
Abdumavlon Abdullaev.

Manba



O'ME
yovvoyi goza turi


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz