DAVIDOV PYOTR SEMENOVICH
DAVIDOV PYOTR SEMENOVICH (1900.5.5— 1963.30.3, Toshkent) — aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1950). 1918-24 yillar Samara, 1924-37 yillar Chelyabinsk, Irkutsk, Ashxobod va boshqa shahar teatrlarida, 1937 yildan Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Dikoy (“Momaqaldiroq”), Karenin (“Anna Karenina”), Maxmudov (“Sotqinlar”), Azizboy (“Sharq tongi”), shahar hokimi (“Revizor”), Rahimjon (“shohi so’zana”) va boshqalar. Ijroda yuksak madaniyat, mahorat, ishonarli talqin Davidov ijodiga xos.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz