David Verrokkio
David - Andrea Verrokkio tomonidan 1473-1476-yillarda yasalgan Isroil xalqining Bibliyadagi hukmdorining bronza haykali. Afsonaga koʻra, asarning yaratilish jarayonida haykaltarosh yosh Leonardo da Vinchidan ilhomlangan.
David Filist giganti Goliaf ustidan gʻalaba qozongan paytda tasvirlangan. Verrokkio uni moʻrt va ayni paytda takabbur bola sifatida tasvirlagan. Davidning yuzida yoshlik dadilligining ifodasini namoyon etuvchi oʻziga xos yarim tabassum bor boʻlib, bu haykaltaroshning psixologik nozikliklarga boʻlgan qiziqishidan dalolat. Chap qoʻl belda, boshi esa chapga burilgan.Oʻng qoʻlida esa qilich tutib turibdi. Oʻldirilgan dushmanning kesilgan boshi esa Isroil xalqining boʻlajak shohi Dovudning oyoqlari orasida yotibdi. Goliafning peshonasida esa dahshatli jarohat bor. Goliafning qiyofasini buzgan iztiroblari syujet dramatizmini yanada kuchaytiradi .
Haykal Bartolomeo Ammanati Ferdinando Medichining buyrugʻi bilan Rimda qura boshlagan Medici villasi uchun moʻljallangan edi, ammo Lorenso va Juliano Medichi uni Florensiyadagi Sinyora saroyiga topshirdi. 17-asrning boshlarida haykal Uffizi Buyuk Gersoglari kolleksiyasiga tushdi va 1870-yilda, Uygʻonish davri haykallarining koʻpchiligi singari, u ham Bargello milliy muzeyiga yuborildi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org